Start
390 000 so'm/oy
- 150 tagacha faol a'zo
- 2 tagacha xodim
- QR orqali kirish, obuna, to'lov va qarzlar
- Mijoz ilovasi, zal boti va sayti
- Obuna tugashi haqida eslatmalar
Telegram ichida ishlaydi
A'zolar, obunalar, to'lovlar va kelishlar bitta tizimda. Mijoz kirishda QR'ni skanerlaydi, obuna tugashini bot o'zi eslatadi, siz esa zal kunini telefoningizdan kuzatasiz.
Obuna sotish, to'lov va kelish bir necha bosishda yoziladi. Daftardagi mijozlarni qolgan kelishlari va tugash sanasi bilan ko'chirasiz.
To'liq to'lanmagan obuna qarz bo'lib qoladi va qarzdorlar ro'yxatida turadi. Mijoz qarzini qabulxonada yoki zal bilan chat orqali to'laydi.
Obuna tugashidan 3 kun va 1 kun oldin, hamda oxirgi kuni bot mijozga o'zi yozadi. Hech kimga qo'ng'iroq qilish shart emas.
Har bir sotuv, to'lov va qo'lda kiritilgan kirish xodim nomi bilan saqlanadi. Kim nima qilganini istalgan payt ko'rasiz.
Mijoz QR'ni Telegram orqali skanerlaydi. Tizim obunani tekshiradi va kelishni yozadi.
Kirish qabulxona ekranida chiqadi. Obuna tugagan yoki kelishlar qolmagan bo'lsa, kirish qabul qilinmaydi va sababi ko'rsatiladi.
Tushum, kelishlar, qarzlar va hozir zalda nechta odam borligi — qayerda bo'lmang, telefoningizda.
Obuna, qolgan kelishlar, ish vaqti va zal bilan chat — Telegram ichida, yuklab olish shart emas.
Jadval hafta kunlari bo'yicha tuziladi. Boshqa jins vaqtida kirish qabul qilinmaydi.
Mijoz tarifni ilovada tanlaydi, xodim chatda tasdiqlaydi. Chegirma va promokodlar hisobga olinadi.
Faol, obunasi tugayotgan, qarzdor yoki uzoq kelmagan a'zolarga bitta xabar.
To'lov usullari bo'yicha tushum, kelishlar, chegirmalar va har bir xodimning ishi.
Har bir zalning o'z Telegram boti va sayti bor. Tariflar, ish vaqti va suratlar sozlamalardan olinadi.
Zal nomi va QR tushirilgan, chop etishga tayyor plakat Telegram chatga keladi.
Kirishlar, sotuvlar, xarid so'rovlari va kun yakuni xodimlarning Telegram guruhiga keladi (Pro va Biznes).
Pro va Biznes tariflarida
Claude yoki ChatGPT'ni zalingizga ulang va oddiy so'z bilan yozing: «bugungi tushum qancha?», «qarzdorlarni ko'rsat», «Jasurga 12 kelishlik obuna sot». Yordamchi ma'lumotni topadi va amalni o'zi bajaradi.
U sizning rolingiz huquqlari doirasida ishlaydi, har bir amali esa jurnalga «AI orqali» belgisi bilan yoziladi.
Narx bitta zal uchun, oyiga. O'rnatish to'lovi yo'q.
390 000 so'm/oy
650 000 so'm/oy
890 000 so'm/oy
Zallar uchun odatiy tizimlar bilan umumiy taqqoslash. Oraliqlar taxminiy, 2026-yil noyabrdagi ochiq e'lon qilingan narxlar asosida.
| Ko'rsatkich | Odatiy tizim | Polvon |
|---|---|---|
| O'rnatish to'lovi | Bir martalik, odatda 2–5 mln so'm | Yo'q |
| Oylik to'lov | 500 000 – 1 000 000 so'm | 390 000 – 890 000 so'm |
| Birinchi oy | O'rnatish + oylik: 2,5–6 mln so'm | Pro tarifida 0 so'm |
| Mijoz ilovasi | App Store yoki Google Play'dan yuklab olinadi | Telegram ichida, yuklab olish shart emas |
| Zalning o'z boti, sayti va logosi | Ko'pincha alohida to'lov evaziga | Har bir tarifda |
Yo'q. Hammasi Telegram ichida ishlaydi. Kirish uchun chop etilgan QR yetarli — mijoz uni telefoni bilan skanerlaydi.
Ha. Har bir mijozni qolgan kelishlari, tugash sanasi va qarzi bilan qo'shasiz; oldin to'langan obunalar bugungi tushumga qo'shilmaydi. Pro va Biznes tariflarida Exceldan import ham bor.
Xodim uni telefon raqami bilan qo'shadi va obuna sotadi, kirishini esa qabulxonada belgilaydi. Mijoz keyinroq zal botiga kirsa, kartasi o'zi biriktiriladi.
Pro tarifida birinchi oy bepul. Keyin tarif oyma-oy to'lanadi. To'lov kechiksa, zal yana 7 kun ishlashda davom etadi.
Ha, kelishilgan holda. Konsultatsiya so'rovida shuni yozing — Biznes uchun sinov davrini alohida ochib beramiz.
msavdogar.uz orqali onlayn to'lov Pro va Biznes tariflarida bor. Zal ma'lumotlari tekshirilgach, uni Polvon jamoasi yoqib beradi.
Mijozlar ma'lumotlari zalga tegishli. Polvon ularni faqat xizmat ishlashi uchun qayta ishlaydi va uchinchi shaxslarga sotmaydi. Batafsil — Maxfiylik siyosatida.
Ro'yxatdan o'tish shart emas. So'rov qoldiring — Polvon jamoasi siz bilan bog'lanib, mos tarifni tanlashga yordam beradi.
Yoki Telegram'da yozing: @PolvonGymBot